Abu Bakr Vositiy

Tasavvuf shayxi

Abubakr Muhammad bin Muso Vositiy (vaf. 320 h.q./932 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Ibn ul-Fargʻoniy nomi bilan mashhur boʻlgan. Kufa, Bagʻdod va Ahvoz shaharlarining oʻrtasida joylashgan Vosit shahrida tugʻilgan. Junayd Bagʻdodiyning shogirdi. Abulabbos Sayyoriy uning yagona muridi boʻlgan. Tasavvufga tavhid nazariyasini tatbiq etgan. Iroq va Nishopurda yashab, umri oxirida Marvga kelib, oʻsha yerda vafot etgan. Qabri Abulhusayn Nuriyning yonida. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.