Abu Bakr ibn Husayn G'aznayoniy Keshiy
Sodiq ibn Abu Bakr ibn Husayn Gʻaznayoniy Keshiy bu kishi Keshning Gʻaznayon qishlogʻidan etishib chiqqan alloma imom va faqih kabi rutbalar sohibi boʻlgan. Sodiq ibn Abu Bakr ibn Husayn Gʻaznayoniy Keshiy Samarqandda yashagan va shu shaharda hijriy 568/1173-yil Shaʼbon oyida vafot etgan va Gʻonfar degan joydagi maqbarada dafn etilgan[1]. Sodiq ibn Abu Bakr ibn Husaynning asosiy ustozlaridan Abul Fath Muborak ibn Ismoil ibn Muhammad Bohiliy hisoblanadi. Allomaning asosiy shogirdlaridan Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy hisoblangan[2].