Zayniddin Jurjoniy, Abu Ibrohim ibn Hasan ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad al-Husayniy (?— 1137) — tib olimi, Xorazmning Jurjon sh.da tugʻilgan. Dastlab u otsiz Xorazmshohning shaxsiy tabibi boʻlgan, soʻng Marvga ketib, umrining oxiri-gacha shu yerda yashagan. Arab, fors tillarida ijod qilgan. Olim tibga oid "Al-aʼroz at-tibbiyya" ("Kasalliklar belgilari") asarini otsiz Xorazmshohning vaziri, olim Majiduddin Abu-Muhammad iltimosiga koʻra yozgan. U "Zaxirayi Xorazmshohiy" ("Xorazmshoh xazinasi"), "Taʼliq shayx ir-rais" ["Olimlar olimi (Ibn Sino) sharhi"], "Zubdat uttibb" ("Tib ilmining asosiy magʻzi") kabi asarlar mu-allifidir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil