Abu Isʼhoq ash-Sholanjiy

Faqih va muhaddis

Ismoil ibn Said at-Tabariy al-Jurjoniy (Abu Isʼhoq) — muhaddis va faqih. Astrabodda yashagan, o‘z zamonasida ash-Sholanjiy nomi bilan tanilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Manbalarda vafot sanasini milodiy 845-yil (hijriy 230-yil) va baʼzi bir manbalarda milodiy 860-yil (hijriy 246-yil)ning rabiulavval oyi Dog‘istonda deb yozilgan[1].

Abu Isʼhoq ash-Sholanjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 845-yil (hijriy 230-yil) yoki milodiy 860-yil (hijriy 246-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis va faqih

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 30-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.