Abu Muhammad Qatavoniy – (XI—XII asrlar) faqih, roviy. Toʻliq ismi Abu Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ayub Qatavoniy.

Hayoti va faoliyati

tahrir

Abu Muhammad Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan. U fiqh ilmidan tashqari hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur egallagan. Hadislarni zamonasida din iftixori sanalgan Abu Hoshim Abdumuttalib ibn Fazl ibn Abdumuttalib Hoshimiy Halabiydan rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Abu Muhammad Qatavoniy hijriy 506-yilda (milodiy 1113-yil) vafot etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir

Samʼoniy, „Al-ansob“, 4-jild, 526-bet; Atayev M., „Jizzax allomalari“, 88-bet;

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 510-bet.