Abu Nuvos
Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy (762-yil, Ahvoz – 813-yil, Bagʻdod) – arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan.
Hayoti
tahrirAbu Nuvasning bolaligi Basrada oʻtgan, u yerda yoshligidayoq u taniqli adiblar va olimlar bilan tanishgan. Uning otasi oxirgi ummaviy xalifa Marvarid II qoʻshinida xizmat qilgan. SHoirning onasi fors boʻlgan. Kufa madrasalarida taʼlim olgan. Sheʼrlarining goʻzalligi, pur hikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. Mayparastligi tufayli el ichida „Shaʼir ul-Hamra“ („Ichkilik shoiri“) degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bagʻdodda oʻtkazgan, xalifalar – Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Maʼmun bilan juda yaqin munosabatda boʻlgan.
Ijodi
tahrirAbu Nuvas hajviya va marsiyalar yozgan. U mustaqil ov qasidalari – tardiyatning yaratuvchisi hisoblanadi, chunki unga qadar ov tasvirlari qasidalarda faqat tarkibiy element sifatida mavjud boʻlgan. Ammo Abu Nuvasga shuhratni uning hamriyati – may haqidagi sheʼrlari, Abu Nuvasda mustaqil janrga ilk bora aylangan butun boshli ziyofat qasidalari keltirgan. Xorun ar-Rashid saroyida qabul qilingan, bir qancha vaqt amir al-Xasib saroyida yashagan, soʻnggi yillarini esa Bagʻdodda xalifa al-Aminning saroy shoiri sifatida oʻtkazgan. Abu Nuvas obrazlarining rang-barangligi, uning nihoyatda kuzatuvchanligi, cheksiz sheʼriy fantaziyasi, uslubining aniq-ravshan va soddaligi arablar orasida oʻrta asrning eng buyuk shoirlaridan biri sifatida shuhrat qozonishiga sabab boʻlgan. Mavzularining birxilligiga qaramay (ayniqsa, xamriyat janrida), shoir har safar yangi ifodali obrazlar topgan. Ijodida ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi. Uning „Devoni“ Qohirada qaytaqayta nashr etilgan (1898-yil)[1][2].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
3.ZIYAVUDDINOVA, MUXLISA. «YANGILANISH» DAVRI SHE’RIYATI, Toshkent, 2011 — 77-80-bet. </ref>