Usmon ibn Amir ibn Amr (arabcha: عُثْمَان ٱبْن عَامِر ٱبْن عَمْرِو[1]) (milodiy 540–635)[2], asosan, Abu Quhofa (arabcha: أَبُو قُحَافَة) kunyasi bilan tanilgan, birinchi Rashidun xalifasi Abu Bakr Siddiqning otasi (h. 632–634). Abu Quhofa shia musulmonlari tomonidan hurmat qilinadi.

Abu Quhofa
Tavalludi
Usmon ibn Amir

1-iyul 538-yil
Vafoti 1-mart 635-yil(635-03-01)
(96 yoshda)
Makka, Arabiston yarim oroli
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 7 (Abu Bakr ham)
Otasi Amir ibn Amr ibn Kaʼb ibn Saʼd ibn Banu Taym

Oilasi

tahrir

Abu Quhofa Amir ibn Amr ibn Kaʼb ibn Saʼd ibn Taym ibn Murra ibn Kaʼb ibn Luay ibn Gʻolib ibn Fihrning oʻgʻli boʻlgan[3]. 

Abu Quhofa Makkada yashab, Ummu Xayr (yaxshilik onasi) nomi bilan mashhur boʻlgan amakivachchasi Salma binti Saxar ibn Amir ibn Amrga uylangan. Ularning goʻdakligidayoq vafot etgan bir nechta oʻgʻillari boʻlgan. 573-yilda oʻgʻli Abu Bakr Siddiq tugʻilgan[2] va shu sababli Atiq (oʻlimdan ozod qilingan) nomi bilan mashhur boʻlgan, uning keyingi akalariga esa Muataq va Muaytaq ismlari qoʻyilgan[2].

Abu Quhofa keyinchalik Hind binti Nuqayd ismli yosh ayolga uylangan. Ularning Ummu Farvo, Qurayba va Ummu Amir ismli uch nafar qizlari boʻlgan[4].

610-yilda Abu Bakr musulmonlikni qabul qilgach, Abu Quhofa butparast boʻlib qoladi[3]. Otasi paygʻambar Muhammadni haqoratlaganida Abu Bakr otasining koʻksiga urib, uni hushsiz holga keltirgan[5]. Ushbu voqega nisbatan Qur’on oyati ham nozil boʻlganligi aytiladi[6]. Abu Bakr 613–614-yillarda qattiq zulmga uchragan musulmon qullarni ozod qilganida, Abu Quhofa unga: „Oʻgʻlim, koʻryapmanki, sen zaif bandalarni ozod qilyapsan. Agar siz haqiqatdan ham toʻgʻri ish qilmoqchi boʻlsangiz, nega sizlarni himoya qila oladigan kuchli odamlarni ozod qilmaysiz?“ deydi. Otasining bu savoliga Abu Bakr: „Men faqat Alloh toʻgʻri deb buyurgan ishnigina qilaman“, deb javob beradi[3]. 

Keksalik chogʻida Abu Quhofaning koʻzi koʻrmay qolgan[3].

622-yil sentyabr oyida Abu Bakr oʻzi bilan uyidagi bor besh yoki olti ming dirham miqdoridagi pullarni olib, Madinaga hijrat qiladi. Abu Quhofa Abu Bakr oila aʼzolariga uydagi hamma pullarni olib, ularni qiyin ahvolga solib qoʻyganligini aytadi. Nabirasi Asmo bint Abu Bakr: "Men biroz tosh olib, ularni Abu Bakr pullarini saqlaydigan joyga qoʻydim. Keyin men ularning ustini mato bilan yopib, uning qoʻlidan ushlab: „Bu pulga qoʻlingizni qoʻying, otajon“, dedim. U (Abu QUhofa) shunday qildi va dedi: „Xavotirga oʻrin yoʻq. U (Abu Bakr) bularni senga qoldirib, yaxshi ish qilibdi, bu senga yetarli boʻladi“. Aslida u (Abu Bakr) bizga hech narsa qoldirmagan edi, lekin men shu yoʻl bilan cholni (Abu Quhofani) tinchlantirmoqchi edim"[3].

Makka fathi

tahrir

630-yilning yanvarida Abu Quhofa Muhammadning qoʻshini Makkaga kelayotganini eshitadi. U yosh qizidan uni Abu Qubays togʻiga olib borishini va u yerda nimani koʻrayotganini soʻraydi. Qizi unga: „Qora bir narsa“, deb javob beradi va ularning bir guruh otliq qoʻshinlari ekanligini aytadi. Abu Qubaysning qoʻshimcha qilishicha, ularning oldida bir odam yugurib ketayotganini koʻrishi mumkin va u bu armiya qoʻmondoni ekanligini, keyin esa qora narsa tarqalganini aytadi. Abu Quhofa unga otliq qoʻshin qoʻyib yuborilganini, shu sababli tezda uylariga qaytishlari kerakligini tushuntiradi. Biroq ular uylariga yetib ulgurmaslaridan qoʻshinga duch kelishadi. Qoʻshin tarkibidagi bir jangchi Abu Qubaysning kumush taqinchoqlarini uzib, tortib oladi[3].  Ularga boshqa hech qanday zoʻravonlik qilinmaydi, Makkaning zabt etilishi deyarli qon toʻkishlarsiz amalga oshirilgan[3].

Oʻlimi

tahrir

Shia islom anʼanalariga koʻra, Abu Quhofa oʻgʻli Abu Bakrning Muhammadga birinchi xalifa boʻlishini shubha ostiga qoʻygan. Abu Quhofa Abu Bakrga maktub yoʻllab, „Bu ishni (xalifalikni) oʻzining haqiqiy egasiga (shialik boʻyicha Ali) qoʻyib ber“, deb yozgan[7].  Aksariyat sunniylar tomonidan ushbu maʼlumot haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Rivoyat qilishlaricha, Abu Bakr 634-yilning avgust oyida Madinada vafot etganida, Makka zilziladan larzaga kelgan. Abu Quhofa: „Bu nima?“ deb soʻraydi, shunda unga oʻgʻli Abu Bakr vafot etganini aytishadi. U: „Bu dahshatli ofat, undan keyin hokimiyat tepasida kim paydo boʻldi?“ deb soʻraydi. Unga hozirda Umarning xalifa ekanligi haqida aytishgach, Abu Quhofa bundan mamnun holda: „(Umar) Uning (Abu Bakrning) hamrohi edi“, deydi.

Abu Quhofa oʻgʻlidan olgan merosini nabirasiga qaytargan[2].

Oila daraxti

tahrir
Asmo bint Adiy al-BariqiyyaMurra ibn KaʼbHind bint Surayr ibn Saʼlaba
Yaqaza ibn MurraTaym ibn MurraKilab ibn Murra
Saʼd ibn Taym
Kaʼb ibn Sa'd
Amr ibn Kaʼb
Amir ibn AmrSaxar ibn Amr
Hind bint NuqaydUsmon Abu Quhofa ibn AmirSalma Ummu al-Khayr bint Saxar
Ummu Farva
QuraybaAbu Bakr MuataqMuaytaq[8]Quhofa
Ummu Amir

Manbalar

tahrir
  1. „Abu Bakr Siddiq (Radhia Allahu Anaha)“. Anwary-Islam.com. 2006-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Al-Suyuti, Jalal ad-Din. Tarikh al-Khulafa Jarrett, H. S.: . Calcutta, India: The Asiatic Society, 1881. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Ibn Ishaq, Muhammad. Ibn Ishaq's Sirat Rasul Allah – The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press, 1955 — 88–589-bet. ISBN 978-0-1963-6033-1. 
  4. Muhammad ibn Sa'd. Tabaqat Bewley: . London: Ta-Ha Publishers, 1995 — 175–176-bet. 
  5. Qurtubi, Tafsir on Q58:22, vol. 17 p. 307. Cited in Radtke, B., & OʻKane, J. (1996). The Concept of Sainthood in Early Islamic Mysticism, p. 142. Richmond, Surrey: Curzon Press. See also Ahmed, Z. „The Love of Hadrat Abu Bakr“, p. 6, in Tasawwuf.
  6. Qurtubi, Tafsir on Q58:22, vol. 17 p. 307.
  7. Hawa, Salam. The Erasure of Arab Political Identity: Colonialism and Violence (en). Taylor & Francis, 2017-01-20. ISBN 978-1-317-39006-0. 
  8. Tarikh ar-Rusul wa al-Muluk 3/ 425

Havolalar

tahrir