Abu Rajoʼ Muʼmil Shoshiy
Abu Rajoʼ Muʼmil Shoshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1049-yil |
Vafoti | 1123-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, faqih |
Abu Rajoʻ Muʼmil Shoshiy(arabcha:أبو راجو مميل شوشي — Abu Rajoʻ Muʼmil ibn Masrur ibn Abu Sahl ibn Maʼmun Shoshiy (Xumrakiy) (1049—1123)) — muhaddis va Faqih.
Hayoti
tahrirAbu Rajoʻ Muʼmil Shoshiy 1049-yilda Shosh vohasidagi „Xumrak“ degan shaharchada tavallud topgan. Abu Rajoʻ Muʼmil Shoshiy Rais Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad Raqqiy, Abu Yaʼqub Yusuf ibn Mansur Sayyor Hofiz, kabi ustozlardan taʼlim olgan. Abu Rajoʻ Muʼmil Shoshiy Marvda 517/1123-yilda Zulhijja oyining uchinchi oʻn kunligida chorshanba kuni vafot etgan va Roziq daryosi boʻyidagi oʻz xonaqohining darvozasi yoniga dafn qilingan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 822.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |