Abu Saxiy masjidi
Abu Saxiy masjidi — Toshkent viloyati Chilonzor tumanida joylashgan yirik masjidlardan biri. Masjid Oʻzbekistondagi yirik savdo majmuasi boʻlmish «Abu Saxiy» bozorining yonida qurilgan. 2022-yilning 8-aprel kuni masjidning ochilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yirik jome masjidi 3 ming kishiga moʻljallangan. Masjid ichi juda keng bo‘lib, ikki qavat va yer ostki qismdan (yertoʻla) iborat hamda 35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar ushlab turadi[1][2].
Masjid | |
Abu Saxiy masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Chilonzor tumani |
Manzil | Bunyodkor prospekt, 156Б
Chilonzor, |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom, sharqona ikki minorali va oʻzbek milliy meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2020—2022 |
Soʻngi imom | Abduqahhor Yunusov |
Umumiy maydoni | 0,3 gektar |
Oʻlchami | 65x40 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbaz balandligi | 45 metr |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 8.5х8.5 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 2x63 metr, |
Qurilish materiali | Oq marmar, gʻisht |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
Abu Saxiy masjidi Vikiomborda |
Masjidni tashqi tarafdan 2 ta 63 metrli minoralar bezab turibdi. «Minoralar uzunligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berishga harakat qilganmiz», - deydi mas’ullar[3]. Masjid qurilishi ikki yil mobaynida davom etgan[4]. Shuningdek, masjidning pastki qismida ayollar uchun ham alohida namozxona va tahoratxona ishga tushirilgan.
Imom-xatib: Maqsudali Qosimov
Manbalar
tahrir- ↑ „«АБУ САХИЙ» ЖОМЕ МАСЖИДИ“ (oʻzbek). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ https://kun.uz/news/2022/04/10/toshkentda-3-ming-orinli-abu-saxiy-masjidi-ochildi-fotogalereya
- ↑ https://uza.uz/uz/posts/abu-saxiy-maszhidi-ayni-ramazon-oyida-faoliyatini-boshlash-arafasida-video_360885
- ↑ http://old.muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/31628-abu-sakhij-maszhidida-ilk-zhuma-namozi-ildi-fotolav-a
Vikiomborda Abu Saxiy masjidi haqida turkum mavjud |