Abu Tammom (taxminan 796-yil, Damashq — 843-yil, Mosul) — arab shoiri. Aso-san qasida yozgan. Arab she’riyatidagi „qadimga qaytish“ harakatining asos-chilaridan. A. T. oʻz davrida xalq ijodi asosida turli sheʼriy toʻplamlar, tazki-ralar ham yaratgan. 7 ta tazkirasi maʼ-lum. Bizgacha „Kitob ul-hamosa“ („Ja-sorat kitobi“) va „An-Naqoid jorir va al-Axtal“ („Jarir va al-Axtalning hajviyalari“) asarlari yetib kelgan. Be-runiy oʻz asarlarida uning she’rlaridan koʻplab namunalar keltirgan va sheʼr yozish uslubini tahlil qilib, „Qofiyat al-alif min al itmom fi sheʼr Abu Tammom“ („Abu Tammom sheʼrlaridagi alif qofiyasi sharhi“) nomli sharh yozgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Abu Tammom" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil