Abu Yaʼqub Sogʻarjiy (arabcha: أبو يعقوب الصاغرجي — Abu Yaʼqub Yusuf ibn Baxtiyor ibn Muhammad Sogʻarjiy) — muhaddis va roviy.

Abu Yaʼqub Yusuf ibn Baxtiyor ibn Muhammad Sogʻarjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 502/1108-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, roviy

Hayoti

tahrir

Abu Ya’qub Sog‘arjiy Samarqandning juda yaxshi joylaridan biri – Gʻotfar ko‘prigi (to‘g‘oni) oldida yashagan.[1] Hoit Hayyon degan joydagi madrasada tahsil olgan. Abu Yaʼqub Sogʻarjiy oʻz davrining roviylaridan boʻlib, u zamonasining allomalaridan hadislar rivoyat qilgan[2].

Vafoti

tahrir

Abu Yaʼqub Sogʻarjiy 502-yil safar oyining 3-kuni juma oqshomida (1108-yil 11 yoki 12-sentyabrda) vafot etgan[3].

Dafin qiilingan joy

tahrir

Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida qayd etilishicha u Gʻonfar koʻprigi (toʻgʻoni) yonidagi qabristonga dafn etilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 612.
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. — Bayrut, 1988. 421.
  3. Abdulloh Abdulhamid Saadning „Oʻrta Osiyo olimlari qomusi“ —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy−maʼrifiy markazi nashriyoti. 2007. 464.
  4. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. — Bayrut, 1988. 421.

Adabiyotlar

tahrir
  • Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016.