Narshaxiy

X-asr tarixchisi Abruyning o'limi
(Abubakr Narshaxiydan yoʻnaltirildi)

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik an-Narshaxiy (899—959) — tarixchi olim.

Narshaxiyning Buxoro tarixi asarining fransuzcha tarjimasi, 1892-yil

Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943—944 yillarda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. Narshaxiyning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand" ("Samarqandiya") va Abu Saʼd as-Samʼoniy (1113— 1167)ning "Kitob al-ansob" asarlarida N. haqida maʼlumotlar mavjud. N. oʻz tugʻilgan qishlogʻida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128-yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178—79 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi maʼlumotlar bilan maʼlum maʼnoda toʻldirganlar. "Buxoro tarixi" 36 bobdan iborat boʻlib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bagʻishlangan. Kitobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qadimiy nomlari, qadimiy podshoxlariga bagʻishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Hyp, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqa

"Tarixi Narshaxiy" kitobining birinchi beti (Yangi Buxoro, 1904). "Buxoro tarixi" kitobining birinchi beti (Toshkent, 1966).shahar va qishloqlarning tasviriga bagʻishlangan. Unda bu joylarning tarixi, aholisi va uning mashgʻuloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir boʻlgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda Oʻrta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining oʻrnatilishi, islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va boshqa boshchiligidagi xalq qoʻzgʻolonlari batafsil hikoya qilinadi. "Buxoro tarixi"da IX asrda Oʻrta Osiyoning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar davlatining barpo boʻlishi va somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid maʼlumotlar boʻlib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham ark va shahristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixinigina emas, balki butun Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda hamda nodir manbadir. "Buxoro tarixi" Parij (1892)da fransuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939)da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da oʻzbek tilida, Dushanbe (1979)da tojik tilida nashr etilgan.

Manbalar

tahrir
  • Buxoro tarixi, T., 1966.

Adabiyot

tahrir
  • Kamaliddinov Sh. S "Kitob al-ansab" Abu Sa’da Abdalkarima ibn Muham-mada as-Sam’ani kak istochnik po istorii i istorii kultur Sredney Azii, T., 1993; Najmuddin annasafiy, Samarqandiya, T., 2001.