Abulabbos Ahmad Ishtixoniy
Abulabbos Ahmad Ishtixoniy (arabcha: أبو العباس أحمد اشتيخاني — Abulabbos Ahmad ibn Muhammad Ishtixoniy) — faqih.
Abulabbos Ahmad Ishtixoniy fiqh boʻlib, asosiy taʼlimni Abu Jaʼfar Hindivoniydan olgan. Abu Jaʼfar Hindivoniy esa mashhur faqih Abu Bakr Muhammadi ibn Soʻiy ibn Aʼmanning shogirdi boʻlgan. Natijada zamonasining mashhur faqihlaridan boʻlib etishgan. U 370/980 yillardan soʻng Nasafda qozilik lavozimida faoliyat yuritgan[1]. Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha Abulabbos Ishtixoniy: „Men Abu Jaʼfar Hindivoniydan eshitdim. U aytar edi: Men faqih Abu Bakr Muhammad ibn Saʼiy ibn Aʼmashdan eshitdim“, — deydi[2].