Abulfazl Sogʻarjiy (arabcha: أبو الفضل الصغرجي — Abulfazl Abbos ibn Tayyib Sogʻarjiy Soʻgʻdiy) — muhaddis va roviy.

Abulfazl Sog'arjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, Roviy

Hayoti

tahrir

Abulfazl Sogʻarjiy oʻrta asrlarda Ishtixon shahriga qarashli Sogʻarj qishlogʻida tavallud topgan.

Ustozi

tahrir

U Boshlangʻich taʼlimni Sogʻarjdagi olimlardan oʻrgangan. Keyinchalik Ishtixon shahriga borib, ilk ustozi Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan hadis ilmi sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.[1]

Shogirdi

tahrir

Abulfazl Sogʻarjiydan uning nabirasi Dehqon Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sogʻarjiy va boshqa kishilar hadis rivoyat qilgan[2].

Rivoyat qilgan hadis

tahrir

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, Abulfazl Abbos ibn Tayyib Sogʻarjiy Ahmad ibn Hoshim Ishtixoniydan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: Ahmad ibn Hoshim Ishtixoniy bizga Maʼruf ibn Hasson hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Muʼmar ibn Zarr u esa Qatodadan, u esa Anas ibn Molik raziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki biror namozini unutib, uni oʻz vaqtida oʻqiy olmay qolsa yoki uxlab qolib, uni qazo qilib qoʻysa, esiga tushgani hamon uni oʻqib olsin! Alloh taolo: „… va yod qilingiz Parvardigoringizni qachon unutsangiz…“[3], — deydi" deb marhamat qilganlar", — dedi[4]. Manbalarda Abulfazl Sogʻarjiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi.

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 613.
  2. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 3. — Bayrut, 1979.
  3. Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur — T.: TIU, 2007. „Kahf“ surasi, 24-oyat.
  4. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. Najmiddin Umar ibn Muhammad Nasafiy. Samarqandiya. — T.: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001.

Adabiyotlar

tahrir
  • Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016.