Abulmuhomid Sog'arjiy
Abulmuhomid Sogʻarjiy (arabcha: أبو المحميد الصغرجي — Abulmuhomid Mahmud ibn Ahmad ibn Faraj ibn Abdulaziz Sogʻarjiy Soʻgʻdiy Samarqandiy) — mufassir, muhaddis, roviy, faqih va muftiy.
Abulmuhomid Sogʻarjiy | |
---|---|
Tavalludi |
480/1087 yil. Soʻgʻd vohasidagi Sogʻarj qishlogʻi. |
Vafoti |
555/1160 yil. |
Hayoti
tahrirAbulmuhomid Sogʻarjiy hijriy 480-yil jumadul oxir oyi (milodiy 1087-yil sentyabr)da Soʻgʻd vohasidagi Sogʻarj qishlogʻida Abu Nasr Ahmad ibn Faraj xonadonida tavallud topgan. Abulmuhomid Sogʻarjiy 11 yoshidan boshlab hadis ilmini oʻrgana boshlagan. Bunga oʻzining quyida aytgan soʻzi isbot boʻladi. U „Menga 491/1098-yilda hadisdan eng birinchi taʼlim bergan kishi otamning ustozi Imom Yusuf ibn Solih Xatibiy boʻlgan“, degan.[1] U xulqining chiroyliligi, qalbi musaffoligi, behuda maʼnosiz soʻzlarni soʻzlamasligi va yaxshiligu ibodatda bardavomligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan.
Ustozi
tahrirAbulmuhomid Sogʻarjiy Buxoroga borib, Burhon ismli ustozidan fiqh ilmi boʻyicha taʼlim olgan. Shu bilan birga Abu Muʼyin Maymun ibn Muhammad Makhuliy, Abulqosim Ali ibn Ahmad ibn Ismoil Kiloboziy kabi muhaddis, roviylardan hadis tinglagan va yozib olgan. Keyinchalik Samarqandga kelib u yerda Abu Ali Hasan ibn Aʼto ibn Hamza Soʻgʻdiy, Abu Ibrohim Ishoq ibn Muhammad ibn Ibrohim Nuhiy kabi koʻplab allomalardan hadis ilmi sir-asrorlarini puxta oʻrgangan. Alloma hadis ilmini chuqur oʻzlashtirganligi bois ixtilofli va muttafaq hadislarni ajrata bilgan. Abulmuhomid Sogʻarjiy zamonasining oʻtkir voizi boʻlish bilan birga tafsir, fiqh ilmlarining bilimdoni boʻlib etishgan. U keltirilgan hujjat va dalillarni boshqa olimlar rad etishmagan, balki kuchli va asosli ekanligini tan olishgan. Shu bois u bir qancha vaqt masjidlarda imomlik qilish bilan birga muftiylik lavozimida ham faoliyat olib borgan. Samarqandda yashagan davrida „shayxulislom“ darajasiga ega boʻlgan.
Saboq berishi
tahrirOʻz navbatida Abulmuhomid Sogʻarjiydan Samarqandda koʻplab ilmi toliblarga Abu Lays Samarqandiyning „Tanbeh al-gʻofiliyn“ („Gʻaflatdagilarni uygʻotuvchi“) nomli kitobidan taʼlim bergan[2]. Manbalarda Abulmuhomid Sogʻarjiyning qoʻli bilan koʻplab kitoblar bitilganligi qayd etilgan. Ammo ulardan birortasi bizgacha etib kelmagan.
Vafoti
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 612.
- ↑ Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. At-tarix al-islom va vafayot al-mashahiri va-l-aʼlom. J. 38. — Bayrut, 1987.
- ↑ Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |