Abulvose
shoir
Abulvose (15-asr) — shoir. Insho sanʼatida mohir, hazil-mutoyibaga moyil, hozirjavob boʻlgan. A. haqida Vosifiy („Badoye’ ul-vaqoye’“), Jomiy („Bahoriston“), Navoik („Majolis un-nafois“) asarlarida maʼlumotlar be-rilgan. Vosifiy A.ning hozirjavobligi bilan Navoiy tahsiniga sazovor boʻlgani, Sulton Mahmudga bagʻishlangan „Chor dar chor“ qasidasining yaratilishi tarixi va 24 baytli shu qasida matnini ham keltiradi. Jomiy ushbu qasidaga yuksak baho berib, unga hech kim javob yoza ol-maganini aytadi. Navoiy A.ning Majdiddin Muhammad haqida 500 baytdan ortiq, boshqalar haqida 1000 baytdan ziyod hajvlar yozganini maʼlum qiladi. Jomiy vafotidan soʻng Navoiy tavsiyasi bilan A. uning tarjimai holini yozgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |