Abuzed Omar Dorda
Abuzed Omar Dorda (1944-yil 4-aprel – 2022-yil 28-fevral) 1990-yil 7-oktabrdan 1994-yil 29-yanvargacha Liviya Xalq qoʻmitasi Bosh kotibi (Bosh Vazir) va 1997-2003-yillarda Liviyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili sifatida faoliyat yuritgan liviyalik siyosatchi.
Abuzed Dorda | |
---|---|
أبو زيد عمر دوردة | |
Liviya Bosh Vaziri | |
Mansab davri 1990-yil 7-oktyabr – 1994-yil 29-yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Umar Mustafa al-Muntasir |
Vorisi | Abdul Majid al-Qa′ud |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-aprel 1944-yil Rhebat, (hozirgi Liviya) |
Vafoti |
28-fevral 2022-yil (77 yoshda) Qohira, Misr |
Hayoti va karyerasi
tahrirDorda siyosatga 1970-yilda Misrata tumani gubernatori sifatida kirib kelgan va bu lavozimda 1972-yilgacha faoliyat yuritgan. Keyinchalik u 1974-yilgacha Axborot va madaniyat vaziri, 1976-yilgacha esa Tashqi ishlar kotibi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1990-yilda u Bosh Vazir, 1997-yilda esa Liviyaning BMTdagi doimiy vakili boʻldi.
2009-yil 12-aprelda Dorda Mussa Kussa oʻrniga „Mukhabarat el-Jamahiriya“ (milliy razvedka agentligi) rahbari etib tayinlangani haqida xabar berilgan[1].
Dorda Gaddafining yaqin kishilaridan biri boʻlgan edi[2]. Ammo 2011-yil 31-martda Dorda Liviyadagi fuqarolar urushi fonida va Gaddafinig hukumatidan voz kechish maqsadida Tunisda boʻlgani va u yerdan parvoz qilishni kutayotgani haqida xabar berilgan[3]. Shunigdek, Dorda 2011-yil 11-sentyabrda Milli kengash kuchlari tomonidan hibsga olingan[4]. Jazoni oʻtash davrida Dorda qamoqxonaning ikkinchi qavati derazasidan yiqilish orqali qattiq jarohat oladi (ikkala oyogʻi sinadi). Bu holatda uning oilasi Dordani uyushtirilgan suiqasddan qutulib qolgan deb ishonsa, qamoqxona rasmiylari uni oʻz joniga qasd qilishga uringanini daʼvo qilishgan[5]. U 2019-yil fevralda sogʻligi sababli ozod etiladi va tezda Tunis orqali Misrga ketadi[6][7].
2021-yil iyunda Dorda Khalifa Haftar bilan Qohirada uchrashgani aytiladi[8].
Dorda 2022-yil 28-fevralda 77-yoshida Qohirada vafot etadi[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Libyan ex-PM named new spy chief“. IOL. Agence France-Presse (2009-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
- ↑ „Inside Gaddafi's inner circle“. Al Jazeera (2011-yil 27-fevral). Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Libyan Dictator Gaddafi Secretly Negotiates with UK Report“. Novinite (2011-yil 1-aprel). Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
- ↑ William Maclean.. „Exclusive: At bay, captured Libyan spy chief defiant“. Reuters (2011-yil 11-sentyabr). 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
- ↑ Ghaddafi’s External Intelligence Chief Arrives in Tunisia after Release from Jail (Wayback Machine saytida 2020-03-24 sanasida arxivlangan) Asharq Al-Awsat, 18 February 2019
- ↑ „Former Ghaddafi official freed in Libya for 'health reasons'“ (en). english.alarabiya.net (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
- ↑ „Libya: Protesters demand release of Gaddafi-era spy chief Senussi“. www.aljazeera.com. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
- ↑ „LIBYA : Haftar and Gaddafi's spy chief meet secretly in Cairo - 02/07/2021“ (en). Africa Intelligence (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
- ↑ وفاة أبوزيد دوردة في القاهرة عن عمر ناهز 78 عاما (arabcha)
- Elster, Robert. The International Who's Who. Routledge, 2006 — 519-bet. ISBN 1-85743-307-6.