Abxaziya davlat madhiyasi
„Aiaaira“ (abxazcha: Aiaaira; „Gʻalaba“) — qisman tan olingan Abxaziya davlatining milliy madhiyasi. Abxaziya davlatining madhiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Qoʻshiq matni shoir Gennadiy Alamia tomonidan yozilgan, musiqasi esa Valery Chkadua tomonidan bastalangan[1].
Notalar varaqasi | |
Abxaziya davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Gennady Alamia |
---|---|
Bastakor | Valery Chkadua |
Qabul qilindi | 2007-yil 24-oktyabr |
Tarix
tahrirQoʻshiq matni 1992-yilda Abxaziya mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin yozilgan. Madhiyada namuna sifatida qisqa muddatli Gruziya Demokratik Respublikasi (1918-1921) davrida yaratilgan abxaziya inqilobiy qoʻshigʻi „Kiaraz“ (abxazcha: „Karaz“)dan foydalanilgan[2].
1994-yilda Gruziya bilan mustaqillik uchun urushdan keyin Valeriy Chkadua Abxaziyaning birinchi prezidenti Vladislav Ardzinbaning shaxsiy iltimosiga binoan madhiyani bastalagan. Sergei Prokofiev va Dmitry Shostakovichdan tahsil olgan Chkadua madhiyaga turli xalq folklorlarining motivlarini kiritgan. Bu ish uchun gonorar olishdan bosh tortgan Chkadua qishda madhiyani muzlab, isitilmaydigan uyda yozgan edi, lekin shunga qaramasdan prezidentning rahmati sifatida uy-joy oldi[3].
Madhiya Xalq Assambleyasi tomonidan 2007-yil 24-oktabrda Abxaziya Respublikasining „Abxaziya Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida“gi 1873-s — IV-sonli konstitutsiyaviy qonunida rasman qabul qilingan bo‘lib, Prezident Sergey Bagapsh 2007-yil 2-noyabrda imzolagan. S. Bagapsh Prezident lavozimiga saylangandan so'ng, "Abxaziya Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi qonun loyihasi e'lon qilindi va ushbu qonun loyihasi 2007-yil 24-oktyabrda uchinchi o'qishda qabul qilindi.[4].
Matn
tahrirAbxaz tilida
tahrirAbxaz tilida | Transliteratsiya | IPA transkripsiyasi | English translation |
---|---|---|---|
Шәнеибац, шәнеибац, |
Šwneibac, šwneibac, |
[ʃʷnej.bɑt͡sʰ ʃʷnej.bɑt͡sʰ] |
March on, march on, |
Rus tilida
tahrirRus tilida | Transliteratsiya | Inglizcha tarjima[5] |
---|---|---|
Марш, марш, |
Marsh, Marsh, |
March on, march on, |
Abxaziya Respublikasining davlat madhiyasi Abxaziya Respublikasining rasmiy davlat ramzi bo'lib, qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro etiladigan musiqiy va she'riy asardir. Abxaziya Respublikasining davlat madhiyasi tasdiqlangan musiqiy nashr va matnga qat'iy muvofiq ijro etilishi kerak[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „National Anthem Downloads, Lyrics, & Information: NationalAnthems.us - Republic of Abkhazia“. NationalAnthems.us (2009-yil 19-mart). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-yanvar.
- ↑ „Гимн“ (Ru). Abkhazian Embassy in Russia. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ Kubatian, Grigory. „Discovering a home of eccentrics“. Russia Beyond the Headlines (2013-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ „Конституционный_закон_о_Государственном_гимне_Республики_Абхазия_2015_03_31_13_14_26_501.pdf“. presidentofabkhazia.org. 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
- ↑ „Aiaaira: National anthem of Abkhazia“. abkhazworld.com (2019-yil 25-mart). 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „Государственная символика“. http://presidentofabkhazia.org. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.