Accom – Hindistonning shimoliy – sharqidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlari etagidan. Maydoni 78,5 ming km². Aholisi 22,3 mln. kishi (1991-yil), yarmidan koʻprogʻini assomlar, 18% ni bengallar tashkil etadi. Maʼmuriy markazi – Dispur shahri Qadimda va ilk oʻrta asrlarda Accom hududi Kamarupa deb atalgan. Angliya – Birma urushlari (19-asr) natijasida A.Angliyaning Hindistondagi mulklariga qoʻshib olingan. 1950-yildan Hindiston Respublikasi shtati. Shtat aholisining 9/10 qismi Brahmaputra va Surma vodiysida, qolganlari togʻli viloyatlarda yashaydi. Accom hududining yarmi past tekislik, qolgan qismi balandlik 3826 m gacha boʻlgan Accom togʻlaridan iborat. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi tropik, musson iqlim, sernam. Dunyoda eng koʻp yogʻin tushadigan joy. Yiliga 12500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar va bu-tazorlar bor. Accom Hindistonda choy yetishtiradigan va sholi hamda jut ekishga ixtisoslashgan mayda dehqon xoʻjaliklari oʻlkasidir. Aholining 80% ga yaqini qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Accomning yer maydonining 15% iga ekin ekiladi. Butun Hindistonda yetishtiriladigan choyning yarmiga yaqinini Accom beradi. Loviya, shakarqamish, tamaki, paxta, kunjut, indov va xantal ekiladi. Accomning ishlab beruvchi sanoati nisbatan yirik choy fabrikalaridan, faner va yashik ishlab chiqaradigan korxonalar, objuvoz va yogʻ korxonalari, Dhubridagi gugurt fabrikasidan iborat. Digboy va Naharkatiya Hindistonda neft chiqariladigan muhim rayondir. Neft qazib olish va qayta ishlash Accom sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Koʻmir (Margerita) va ohaktosh qazib chiqarish mahalliy ahamiyatga ega. Brahmaputra vodiysi boʻylab oʻtadigan temir yoʻl Accom Hindistonning boshqa qismlari bilan bogʻlaydi; Brahmaputradan Dibrugarhgacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil