Ochamayli
(Achamaylidan yoʻnaltirildi)
Ochamayli (achamayli, ochamoyli, ashamoyli) – 1) oʻzbeklarning doʻrmon, kenagas, nayman, qoʻngʻirot, qurama, yuz qabilalari tarkibiga kirgan yirik urugʻlardan biri, qozoqlar va qoraqalpoqlar tarkibida ham bor; 2) oʻzbek qoʻngʻirotlari va qoraqalpoq qoʻngʻirotlariga mansub qabila. Bu qabila qoraqalpoq qoʻngʻirotlarining Shulluk boʻlimi tarkibiga kiradi. Ochamayli qabilasi 13 urugʻdan tashkil topgan. Ular 19-asrning oʻrtalarida 750 ga yaqin xoʻjalikdan iborat boʻlgan[1].