Achchiqbuta (Ammothamnus lemannii) – burchokdoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 50 – 100 sm. Barglari toq patsimon, uz. 10 – 19 sm, kalin tuk bilan qrplangan. Gullari oq boʻlib, uzun shingilda joylashgan. Dukkagi 1 – 4 urugʻli, spiralsimon. Urugʻi tuxumsimon, silliq, boʻyi 4, eni 3,5 mm. Achchiqbuta aprel-mayda gullab, may-iyunda urugʻlaydi. Achchiqbuta Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi qumlarda va shagalli yerlarda oʻsadi. Achchiqbutaning tarki-bida 0,5 ― 1,12% alkaloid bor. Ildizida 12 – 14%, tanasida 3 −5% va ildiz poʻstila 27 – 30% boʻyoq modda boʻladi. Achchiqbutaning ildiz qay-natmasi xalq tabobatida bodga qarshi ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil