Achchiqgarvuz (Citrulius colocynthis) – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib oʻsuvchi bir yillik oʻsimlik. Palagining uzunligi 1 – 2 m. Barglari uchburchak shaklida, boʻyi 5 – 8, eni 4 – 5 sm. Gullari bir jinsli. Mevasi dumaloq, achchiq, diametri 7-12 sm, dastlab och yashil, pishishiga yaqin sargʻish va qoramtir boʻladi. Achchiqgarvuz avgust-sentyabrda gullab, oktyabr―noyabrda hosil beradi. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi. Vatani Shimoli-sharqiy Afrika. Mevasining tarkibida glyukozid bor. Achchiqgarvuzning mevasidan surgi sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil