Achchiqkoʻl kollektori - Fargʻona vodiysidagi eng yirik kol-lektorlar tarmogʻi, Achchiqkoʻl va Shimoliy Bagʻdod kollektorlaridan iborat. 1970-yilda ishga tushirilgan. Achchiqkoʻl kollektori qurilishi bilan oldindan ishlab kelayotgan juda koʻp katta-kichik kollektorlar unga tu-tashtirildi va qadimdan hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlardagi umumiy uz. 4,6 ming km boʻlgan drenajlarning ishi yax-shilanadi. Achchiqkoʻl kollektori drenaj, sizot suvlarini hamda sugʻorishdagi tashlama suvlarni va boshqarilmaydigan soy hamda sel suvlarini ham qabul qilib Sirdaryoga quyadi. Achchiqkoʻl kollektori Markaziy Fargʻona (asosan, Fargʻona va Namangan viloyatlari)dagi 250 ming ga yerga xizmat qiladi. Achchiqkoʻl kollektorining Sirdaryoga quyilish joyida koʻp yillik oʻrtacha suv sarfi 101,1 m/s, suvning eng yuqori minerallashuvi miqdori 8,9 g/lni tash-kil etadi va yil davomida 2,0 mlrd. m3 suvni chiqaradi (1999).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Achchiqkoʻl kollektori" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil