Achchiqkoʻl (Sirdaryo)
(Achchiqko‘ldan yoʻnaltirildi)
Achchiqkoʻl – Sirdaryoning chap sohilidagi koʻl (Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida). Achchiqkoʻl bahor va yoz oylarida toshqin suvlarining toʻplanib qolishidan hosil boʻlgan. Koʻl sohili qumloq. Janubi-gʻarbiy sohili ekinzor hisoblanadi. Suv sathi bahor-yoz oylarida koʻtarilib, kuz-qish oylarida pasayadi. Achchiqkoʻlga ekin maydonlaridan oqova va kollektor suvlari quyiladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |