Achchiqoʻt (Chrorophora sabulosa) — sutlamadoshlar oilasiga mansub, boʻyi 8 — 15 sm, keng shox-shabbali bir yillik oʻt. Barglari tuxumsimon yoki toʻgarak, boʻyi 2,3 — 3, eni 1,6 — 2,8 sm. Mevasi (koʻsagi)ning boʻyi 4 — 4,5, eni 5 — 6,5 mm. Urugʻi silliq, boʻyi 3 — 3,5, eni 2 — 2,3 mm. Aprel-iyulda gullaydi va meva beradi. Achchiqo't Oʻrta Osiyoda va Orol boʻyi tekisliklarida oʻsadi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistondagi qum uyumlarida tarqalgan. Achchiqoʻtdan surgi sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil