Aclare
Aclare (irlandcha: Áth an Chláir, yaʼni "tekislik koʻchasi" degan maʼnoni anglatadi) – Irlandiyaning Sligo okrugida va Kilmacthig cherkovida joylashgan asosiy qishloqlardan biri[1]. Aclare qishlogʻi ilgari xuddi shu nomdagi shaharchaning bir qismi boʻlmagan, ammo qoʻshni Lislea va Carns shaharchalarining chegarasini kesib oʻtgan. Keyinchalik shaharchaning chegara hududlari qishloqni qamrab olish uchun kengaytirilgan. Qishloq Moyning irmogʻi hisoblangan Inagh (shuningdek, „Eignagh“ deb ham ataladi) daryosida joylashgan.
Shuningdek, qishloq va uning atrofida joylashgan shaharlar oʻzining musiqachilari' va qoʻshiqchilari bilan, ayniqsa Irlandiya anʼanaviy musiqasi bilan mashhur.
Bu hududda har yili Avliyo Patrik kuni paradi oʻtkaziladi.
Belclare qal’asi (irlandcha: Béal an Chláir, "tekislik ogʻzi" degan maʼnoni bildiradi) – qishloq koʻrinadigan joyda joylashgan boʻlib, vayron boʻlgan qal’alardan hisoblanadi. Qal’a Kilmactigue ibodatxonasidan yarim mil gʻarbda joylashib, dastlab XV asrda yashab oʻtgan OʻHara urugʻi tomonidan qurilgan.
Transporti
tahrirÉireann avtobusi faqat juma kunlari uchun moʻljallangan 479-yoʻnalishdagi Sligo bilan Tourlestrane, Coolaney va Collooney orqali Aclare qishlogʻi bogʻlanadi[2].
Mashhur odamlari
tahrir- Tommy Fleming, Aklar shahrida tugʻilgan qoʻshiqchi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Áth an Chláir/Aclare“. Placenames Database of Ireland (logainm.ie). Qaraldi: 2021-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Route 427 Timetable“. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-may.