ActionScript -(inglizcha: ActionScript (oʻqilishi „EkshnScript“) - obyekt yoʻnaltirilgan dasturlash tili, Flash-ilovalar bilan ishlash, SFW va boshqa web sahifadgi Flash ilovalar yaratishda qoʻlanadi. ActionScript Flash Playerning bir qismidir u virtual mashina (ActionScript Virtual Machine) tomonidan amalga oshiriladi. ActionScript yordamida interaktiv multimedia dasturlar, oʻyinlar, web-sahifalar yaratiladi. ActionScript Flashning boshqaruv tilidir. ActionScriptning yangi versiyalari oʻzining oldingi Flash versiyasidan farq qiladi. Flashning boshlangʻich versiyalarida buyruqlar chegaralangan boʻlib, noqulay interfeysga ega edi. U faqat asosiy harakatlar uchun ishlatilar edi. Soʻnggi versiyalarida esa buyruqlar soni koʻpaytirilib, interfeysi esa juda qulay koʻrinishga keltirildi. ActionScript sichqoncha koʻrsatkichi yordamida yoki klaviaturadan berilayotgan harakatlarni boshqarish va ma’lum kadrdagi harakatlarni boshqarish imkonini beradi. ActionScriptni toʻliq oʻrganish uchun dasturlash tillarini bilish kerak.(Masalan dasturlash tillaridan C++, JavaScript, etc kabilarni). ActionScript da quyidagilarni bilish mumkin: ActionScript bilan muloqot qilish uchun harakatlar paneli (Actions panel); Bajaruvchi tugmalarni oʻzi uchun istalgan holatda ishlatishi; Yoʻllar — kerakli ob’ektga istalgancha murojaat qilish mumkin; Flash multfilmida (move clips) asosiy harakatlarni istalgan koʻrinishda boshqarish; Output, Debugger oynalari yordamida ActionScript otladkasini tashkil etish. Va.b.

Havolalar

tahrir