Adabiy muhit – ijodiy muhit. Muayyan joyda yashab ijod etgan yirik shoir va adiblar taʼsirida yuzaga keladi. Adabiy muhitning vujudga kelishi albatta yirik ijodkorlar faoliyati, ular yaratgan ijodiy maktablar bilan bogʻliqdir. Masalan, Hirot adabiy muhit (Lutfiy, Navoiy, Jomiy va boshqalar), Qoʻqon adabiy muhit (Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Xaziniy va boshqalar) yirik shoirlar faoliyati, ijodiy taʼsirida yuzaga kelgan. Adabiy muhit adabiy oqimlar va yoʻnalishlardan farq qiladi. Bir Adabiy muhitda bir necha oqim va yoʻnalish boʻlishi mumkin. Adabiy muhit boshqa joylardagi adib va shoirlardan oʻziga xosligi, ijodiy alohidaligi, badiiy fikrlash tarzidagi betakrorligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xiva, Qoʻqon, Andijon, Shahrixon Adabiy muhit mavjud boʻlib, ularning yetuk vakillari yaratgan asarlar oʻzbek adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil