Adenoviruslar
Adenoviruslar (yun. aden — bez va viruspar) — tarkibida DNK gruppasi 191 boʻlgan, odam va hayvonlarda adenovirus kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi viruslar. Ular nafas yoʻllaridagi bez (adenoid) toʻqimalarida yashab, oʻtkir katar, konʼyunktivit, enterokolit, atipik pnevmoniya va boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Adenoviruslarodamning adenoidlaridan va murtak bezlaridan, shuningdek, meʼda-ichaklaridan ajratib olingan. Kattaligi 70-90 mmk. Ularning odamda kasallik qoʻzgʻatuvchi 30 dan ortiq turi maʼlum[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |