Emmanuil Adirovich
(Adirovich Emmanuil Ilichdan yoʻnaltirildi)
Emmanuil Ilich Adirovich (1915, Melitopol, Ukraina — 1973.10.09, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1962). Moskva davlat universitetini tugatgan (1940). Moskva neft institutida (1944-49), P. N. Lebedev nomidagi Fizika instituti (Moskva)da (1949-1962) ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida boʻlim mudiri (1962-1973). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasiga oid. Adirovich kristallar lyuminessensiyasining zonaviy nazariyasi asoschilaridan biri, qattiq jismlarda elektr jarayonlari kinetikasiga doir masalalarni hal qilishning kvazistatsionar usuli tashabbuskori, fotoelektretlarda elektron qutblanish va kutbeizlanish qonunini kashf etdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |