Adiy bin Musofir Shomiy
Adiy bin Musofir Shomiy (1162-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shomda Shayx Abdulloh Manbijiy va Shayx Hammod Dabbos bilan suhbatda boʻlgan. Koʻp murid tarbiyalagan. Umri oxirida Mavsildagi Hakkoriya togʻida chillaxona qurib, oʻsha yerda uzlat va xilvatni ixtiyor etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |