Admiralteystvo orollari
Admiralteystvo orollari – Tinch okeandagi vulkan va marjon orollaridir. Bismark arxipelagida va Papua-Yangi Gvineya tarkibida joylashgan. Maydoni 2072 km² (eng katta oroli Manus oroli- 1554 km²). Asosiy shahri – Lorengau. Aholisi qariyb 40 ming kishi, asosan papuaslar tashkil qiladi. Eng baland joyi 719 m (Manus orolida). Orollar oʻrmon bilan qoplangan. Kokos palmasi oʻstiriladi, baliq ovlanadi. Admiralteystvo orollarini 1527-29 yillarda ispan dengizchisi A. Saavedra kashf etgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |