Adolat

ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha

Adolat — ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiy-siyosiy ongida katta rol oʻynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini oʻzida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼtirof qilish va hokazoga mazkur tushuncha orqali baho beriladi. Adolat tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-falsafiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi oʻzaro tengligini nazarda tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda boʻlishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar gʻamini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuritishini taqozo etadi, unda har bir odam oʻz mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tufayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat oʻz faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.

ʻ’Justitiaʼ’ (Maarten van Heemskerk, 1556)

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir