Adolat Neʼmatova
Adolat Neʼmatova (1949.6.3. Oltiariq tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1971-yildan Oltiariq tumani, Shahrixon, Toshkent shahri maktablarida oʻzbek tili va adabiyoti, chet tili oʻqituvchisi. 1984-yildan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 223-maktabning boshlangich sinf oʻqituvchisi. Ish faoliyati davomida oʻzini mohir pedogog sifatida namoyon etdi. 1994-1995 oʻquv yilida 1 yilda ikki sinf dasturini (1—2 sinflar) oʻqitish tashabbusi bilan chiqib, uni oʻzi amalga oshirdi. Birinchilardan boʻlib "Odobnoma" sinov-tajriba darsini olib bordi. 1-4 sinflar uchun "Odob saboqlari" dare rejasi va dasturi, "Odobnoma" darsligi va metodik qoʻllanmasi mualliflaridan biri[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |