Adras — tanda ipi tabiiy ipak-dan, arqogʻi qalin ipdan toʻqilgan gaz-lama. Guli ikki tomonlama boʻlgani uchun ayrim joylarda duroʻya deb ataladi. Arqoq ipi yoʻgʻonroq boʻlgani uchun gazlama yuzasida koʻndalang chiviqlar hosil boʻladi. Kudunglanish natijasida yuqori navli A.ning bir tomoni at-lasday silliq boʻlib, ikkinchi tomoni tovlanib turadi. Gullari abr usu-ida boʻlib sariq, koʻk, pushti, qizil ranglar qoʻllangan. 1920-yillargacha Margʻilon, Xoʻjand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda toʻqilib, Oʻrta Osiyo bozorlaridan tashqari Afgʻoniston, Xitoy kabi qoʻshni mamlakatlarda ham sotilgan. A. oʻzbek xalqi hayotida keng tarqalgan boʻlib, ayollarning kiyim-kechaklari, shuningdek chopon, koʻrpa va koʻrpachalar uchun ishla-tilgan. A. tun — avrasi A. dan tiqilgan toʻn. Sayyora Mahkamova.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil