Adria Arjona Torres(1992-yil 25-aprelda tugʻilgan) - Gvatemala va Puerto-Rikolik aktrisa. U "Oz book" kitobiga asoslangan "Emerald City"(2017)da Dorothy Gale rolini va "Good Omens"(2019) teleserialida Anathema Device rolini oʻynagan. U “Pacific Rim: Uprising”(2018), “Life of the Party”(2018), “Triple Frontier(2019) filmlarida ikkinchi darajali rollarni oʻynagan. “6 Underground”(2019) va “Morbius”(2022) filmlarida bosh rolni ijro etgan.

Adria Arjona
Adria Arjona Torres
Tavalludi
Adria Arjona Torres

1992-yil 25-aprel
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2012-yildan hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi Edgardo Canales
Otasi Ricardo Arjona
Onasi Leslie Torres

Yoshlik yillari

tahrir

Arjona Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida tugʻilgan va oʻn ikki yoshigacha Mexiko shahrida yashagan. Uning onasi Leslie Torres puerto-rikolik, otasi Rikardo Arjona esa gvatemalalik qoʻshiqchi. Bolaligida otasi uni gastrol safarlariga olib ketar va u tez-tez sayohatlarga chiqardi. 12 yoshida Arjona Mayamiga koʻchib oʻtdi va 18 yoshga toʻlgunga qadar u yerda yashadi. Arjonaning oʻzi Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi.[1] U yerda, "Lee Strasberg Theatre and Film" institutida aktyorlik mahoratini oʻrganayotganda ofitsiant va styuardessa boʻlib ishlagan.[2]

Faoliyati

tahrir

Arjonaning ilk televideniyadagi rollari qatoriga "Tue Detective"(2015) antologiyasi teleserialining ikkinchi faslidagi Emily va "Person of Interest" teleserialining ikkita epizodidagi Dani Silva(2014 va 2015-yillarda) kiradi. Keyinchalik u "Emerald City"da Dorothy Gale rolini oʻynadi va "Good Omens" serialida Anathema Device rolini oʻynadi.[3][4]

Arjona 2019-yil mart oyida sahnaga namoyish etilgan “Triple Frontier” filmida kichik qahramonni, keyinroq esa 2019-yil dekabr oyida chiqqan “6 Underground ” filmida bosh rolni ijro etgan. 2021-yilda Arjona Jeyson Momoa bilan birga "Netflix"ning "Sweet Girl" filmida rol oʻynadi.[5] 2018-yil dekabr oyida Arjona "Sony"dagi "Morbius" filmning ayol bosh qahramoni Martine Bancroft rolini ijro etish uchun muzokaralarga kirishdi. Uning ishtiroki yanvar oyi oxirida tasdiqlangan.[6]

Kelgusi loyihalar

tahrir

2020-yil avgust oyida Arjona "Disney+"dagi boʻlajak “Yulduzlar urushi”ning Andor seriyasida rol oʻynaganini tasdiqlandi.[7] 2021-yil aprel oyida Arjona "Warner Bros" filmining “Father of the Bride” remeykida Andy Garcia bilan bosh rolni ijro etishi tasdiqlandi.[8] 2021-yil oktyabr oyida u Tyler Nilson va Michael Schwartz tomonidan yozilgan va rejissorlik qilgan “Los Firkis” drama filmida bosh rolni ijro etishi va ijrochi produseri boʻlishi rejalashtirilgan.[9]

Filmografiyasi

tahrir
 
 

Filmlari

tahrir
Yil Film Rol Izohlar
2012 Loss N/A Qisqa film
2015 Wedding in New York Patricia
Eos Woman Qisqa film
2016 The Belko Experiment Leandra Florez
2018 Pacific Rim: Uprising Jules Reyes
Life of the Party Amanda
2019 Triple Frontier Yovanna
6 Underground Amelia/Five
2021 Sweet Girl Amanda Cooper
2022 Morbius Martine Bancroft
2022 Father of the Bride Sophia
TBA Los Frikis   - Suratga olish jarayonida

Televizion filmlar

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2014 Unforgettable Suzy Houchen Epizod: "Cashing Out"
2014–15 Person of Interest Dani Silva 2-epizod
2015 Narcos Helena Epizod: "Simon Bolivarning qilichi"
2015 True Detective Emily 6-epizod
2017 Emerald City Dorothy Gale 10-epizod
2019 Good Omens Anathema Device 5-qism
2020 Monsterland Mermaid Epizod: "Palacios, Texas"
2022 Irma Vep Laurie 1-qism
2022 Andor[10] TBA Post-ishlab chiqarish

Video oʻyinlar

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2017- yilda ishlab chiqarilgan Fortnite Ramires, yovvoyi mushuk Ovoz berish

Manbalar

tahrir
  1. Ortved. „Adria Arjona“. Interview (2015-yil 1-iyun).
  2. Hansen. „Hollywood It Girl Adria Arjona Worked Double Shifts as a Waitress Despite Her Famous Dad“. People.com (2018-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
  3. Stanhope. „NBC's 'Emerald City' Casts 'True Detective' Actress as Dorothy“ (en). The Hollywood Reporter. Qaraldi: 2019-yil 16-mart.
  4. Muncy. „Jared Leto's Morbius Might Have Found His Tragic Bride“. io9 (2018-yil 15-dekabr). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  5. N'Duka. „Jason Momoa Netflix Film ʻSweet Girl’ Adds Cast“ (en-US). Deadline (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 11-may.
  6. Couch. „'Morbius': Adria Arjona in Early Talks to Join Jared Leto“. The Hollywood Reporter (2018-yil 14-dekabr). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  7. Otterson. „ʻStar Wars’: Cassian Andor Disney Plus Series Casts Adria Arjona“ (en-US). Variety (2020-yil 10-avgust). Qaraldi: 2021-yil 11-may.
  8. Kit. „Adria Arjona Joining Andy Garcia in ʻFather of the Bride’ Remake“ (en-US). The Hollywood Reporter (2021-yil 22-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-may.
  9. „Adria Arjona To Star in Indie ʻLos Frikis’, Will Also Executive Produce“ (en-US). Deadline. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  10. Hibberd, Jame „Rogue One prequel series gets title: Andor“. Entertainment Weekly (10-dekabr 2020-yil). 10-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.

Havolalar

tahrir