Adriana Budevskaya
Budevskaya Adriana (aslida Adriana Kincheva Gancheva) (1878.13.12, Dobrich-1955.9.12, Sofiya) — bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti (1953). Bolgar realistik aktyorlik sanʼati asoschilaridan. Varnada „Ozod teatr“ni tashkil etgan (1904). Mashhur rollari: Qaynona („Qaynona“), Sena („Ilon toʻyi“), Rada („Zulm ostida“), Nora („Nora“), Ofeliya („Hamlet“) va boshqa
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/25/BASA-697K-1-17-6_Adriana_Budevska.jpg/220px-BASA-697K-1-17-6_Adriana_Budevska.jpg)
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |