Adrianopol sulh shartnomasi
ADRIANOPOL SULH SHAR-TNOMASI — 1828-29 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol (hozirgi Edirne) shahrida imzolangan. 1827-yil 6-iyulda Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlari oʻzaro til biriktirib, Turkiyadan Gresiyaga mux-toriyat berish masalasini qoʻydilar. Biroq Turkiya hukumati bu talabni rad etdi. Buning ustiga Dunay knyazliklarida Rossiyaning ustunligini tiklagan Akkerman konvensiyasi (1826) dan noro-zi boʻlgan Turkiya Rossiyani usmonlilar imperiyasining ashaddiy dushmani deb eʼlon qildi va barcha musulmonlarni ruslarga qarshi gʻazovotga chaqirdi. Rossiya 1828-yil 14-aprelda Turkiyaga qarshi yurish boshladi. Rus qoʻshinlari tez ora-da Konstantinopolga yaqinlashib qoldi. Bundan choʻchigan Gʻarb davlatlari Turki-yaga darhol sulh tuzishni va Rossiya shartlariga koʻnishni taklif kildi. Turkiya 1829-yil 2 (14) sentabrda Adrianopol sulh shartnomasi shahrini imzoladi. Adrianopol sulh shartnomasi sh. natijasida Qora dengizning Bos-for va Dardanel boʻgʻozlaridan rus va xorijiy davlatlarning savdo kemalari erkin oʻtish huquqini oldi. Kavkaz yerlarining Rossiyaga uzil-kesil oʻtganligi Adrianopol sulh shartnomasi shahrida qayd etildi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |