Adventistlar cherkovi (Navoiy)

Navoiy shahrida joylashgan adventistlar cherkovi

Adventistlar cherkovi (boshqa nomlari: Yettinchi kun adventistlari nasroniy cherkovi, ruscha: Христианская церковь адвентистов седьмого дня) — Navoiy shahridagi ilk va yagona Yettinchi kun adventistlari cherkovi. 1996—2001-yillarda qurib bitkazilgan. Navoiy shahrining Navoiy koʻchasida joylashgan[1].

Navoiy shahridagi Yettinchi kun adventistlari nasroniy cherkovi
ruscha: Христианская церковь адвентистов седьмого дня
Muqobil nomlari Navoiy shahridagi Yettinchi kun adventistlari masihiylar jamoasi maʼnaviy markazi
Umumiy maʼlumot
Maqomi cherkov
Turi yettinchi kun adventistlari masihiylar cherkovi
Manzili Navoiy ko'chasi 1а
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 40°05′28″N 65°22′10″E / 40.091050464931875°N 65.3694378492744°E / 40.091050464931875; 65.3694378492744
Qurilishi boshlangan 1996-yil
Qurilishi tugagan 2001-yil
Texnik holati
Qavatlar soni 2 qavat
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Ali Sodiqov
Map
Adventistlar cherkovi xaritada

Tarixi

tahrir

1995-yil Navoiy shahrining janubi-gʻarbiy qismidagi dala hovlilar hududidan 0,4 gektar yer maydoni ajartilib, u yerda Yettinchi kun adventistlari masihiylar jamoasi uchun cherkov qurilishi rejalashtirilgan[1].

Cherkov qurilishi 1996-yildan boshlangan. Adventistlar cherkovi loyihasini samarqandlik meʼmor Ali Sodiqov tayyorlagan va uning oʻzi qurilishga rahbarlik qilgan[1].

Bino qurilishi 2001-yilda tugallangan va Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligi bayramining 10 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan[1].

Arxitekturasi

tahrir

Bino bir butun majmuadan iboratdir. Unda 150—200 kishiga moʻljallangan ibodatxona, kutubxona, sinfxonalar, majlislar zali, auditoriyalar va hovli oʻrtasida muqaddas suv saqlanadigan hovuz mavjud[1].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Hotamov, Bekniyozov 2007, s. 132.

Adabiyotlar

tahrir
  • A. Hotamov, N. Bekniyozov. Karmana — qadimiy diyor. Toshkent: Oʻzbekiston, 2007 — 152-bet. ISBN 978-9943-01-070-3.