Aero Designs Pulsar
Aero Designs Pulsar — ikki oʻrindiqli oʻta yengil samolyot hisoblanib, uning Pulsar, Pulsar XP, Pulsar Series II, Pulsar III, Pulsar SP100 va Super Pulsar kabi modellari ham mavjud.
Dizayn va ishlab chiqish
tahrirSamolyot AQShda Mark Braun tomonidan ishlab chiqilgan va dastlab Texasning San Antonio shahridagi „Aero Designs“ kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Birinchi marta 1985-yilda taqdim etilgan samolyot keyinchalik Aydaho shtatining Nampa shahrida „Skystar Aircraft“ tomonidan, keyinroq Kaliforniyaning „El Monte“ shahrida „Pulsar Aircraft“ tomonidan yaratilgan. Har bir ishlab chiqaruvchi yangi va takomillashtirilgan modellarni ommaga namoyish etishgan[1].
„Aero Designs Pulsar“ „Star-Lite“ samolyotining ilgʻor versiyasi hisoblanadi. Strukturaviy tarzda, bu bitta dvigatelli, tortuvchi pervaneli, ikki oʻrindiqli past qanotli havo layneri deb qaraladi. Samolyot shassilari tortilmaydigan uch gʻildirakli hisoblanadi. Shuningdek, uning quyruq gʻildiragi boʻlgan versiyasi ham ishlab chiqarilgan. Samolyot kompozit materiallardan tayyorlangan.
Taktik va texnik xususiyatlari
tahrirTexnik xususiyatlari
- Ekipaj: 1 kishi
- Yoʻlovchilar sigʻimi: 1 kishi.
- Uzunligi: 6,09 m
- Qanotlari kengligi: 7,6 m
- Balandligi: 1,8 m
- Qanot maydoni: 7,4 m²
- Quvvat qurilmasi: 1 × Rotax 582, Rotax 912UL, Rotax 912ULS, Rotax 914 turbo, uchish BMW R1100S
- Dvigatel quvvati: 1 × 65-115 ot kuchi
Uchish xususiyatlari
- Maksimal tezlik: 306 km/soat
- Kruiz tezligi: 290 km/soat
- Toʻxtash tezligi: 79 km/soat
- Amaliy shift: 5200 m
- Koʻtarilish tezligi: 8,6 m/s
- Qanot yuki: 73 kg/m²
Modellar
tahrirBarcha „Aero Designs Pulsar“ modellari qanotlari kengligi 7,6 metr, qanotlari 7,4 kvadrat metr va NASA MS(1)-0313 qanot pardasi mavjud. Dvigatelning ruxsat etilgan quvvati 64 dan 115 ot kuchigacha oʻzgaradi yoki 48-86 kVt boʻlishi ham mumkin[2].
Pulsar
tahrirU birinchi marta 1985-yilda „Aero Designs“ tomonidan namoyish qilingan. „Pulsar“ modeliga standart sifatida 64 ot kuchiga ega ikki zarbali „Rotax 532“ dvigatellari oʻrnatilgan. „Rotax 582“ (48 kVt) 65 ot kuchiga ega boʻlgan[3].
Pulsar XP
tahrir„Pulsar XP“ — bu „Pulsar XP912“ deb ham ataladigan maksimal uchish ogʻirligiga ega yangilangan modifikatsiya hisoblanadi. 1992-yilda „Aero Designs“ tomonidan jamoatchilikka taqdim etilgan. „Pulsar XP“ samolyotiga 80 ot kuchi yaʼni 60 kVt quvvatli „Rotax 912 UL“ toʻrt taktli dvigatellari qoʻllangan. 100 ot kuchi „Rotax 912ULS“ (75 kVt), 115 ot kuchiga ega „Rotax 914 turbo“ (86 kVt) shu bilan bir qatorda 98 ot kuchiga ega „BMW R1100S“ (76 kVt) dvigatellari mavjud modifikatsiyalari ham mavjud[4][5].
Pulsar II
tahrir„SkyStar Aircraft“ tomonidan ishlab chiqarilgan „Pulsar XP“ning yaxshilangan versiyasi „Pulsar II“ hisoblanadi. „Pulsar XP“ singari ushbu samolyot ham 100 ot kuchiga ega „Rotax 912ULS“ toʻrt taktli dvigatellar bilan jihozlangan. „Pulsar II“ning (75 kVt) va 115 ot kuchiga ega „Rotax 914 turbo“ (86 kVt) dvigatel oʻrnatilgan modellari ham mavjud.
Pulsar III
tahrir„Pulsar III“ 1989-yildan beri „Pulsar Aircraft“ tomonidan ishlab chiqariladi. 2005-yilga kelib 500 dan ortiq samolyot yaratilgan. 400 dan boshlanadigan seriya raqamlari JAR-VLA va EASA tomonidan tasdiqlangan variantlar uchun ajratilgan. Standart 80 ot kuchiga ega „Rotax 912UL“ (60 kVt) toʻrt taktli dvigatel bilan yaxshilangan model hisoblanadi. 85 ot kuchiga ega „Jabiru 2200“ (63 kVt) yoki 98 ot kuchiga ega „BMW R1100S“ (76 kVt) dvigatel modifikatsiyasi qoʻllangan. U uch gʻildirakli qoʻnish moslamasi yoki quyruq gʻildiragi bilan ham ishlab chiqilgan[6].
Pulsar SP100
tahrir„Super Pulsar“ 2001-yilda „Pulsar“ samolyot ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. U HP 80 quvvatga ega toʻrt taktli „Rotax 912UL“ dvigatellari (60 kVt) yoki 120 ot kuchiga ega „Jabiru 3300“ dvigateliga ega boʻlgan (89 kVt). „Continental“ va „Lycoming“ dvigatellari ham ushbu samolyotda ishlatilgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „http://web.aeromech.usyd.edu.au/AERO3460/Additional%20Documents/202%20AERO%20DESIGN%20PULSAR%20AND%20PULSAR%20XP%282%29.pdf“.
- ↑ „http://www.pilotfriend.com/experimental/acft5/33.htm“.
- ↑ „http://www.flyrotax.com/enginesImpressum/product-rangeImpressum/carburetedImpressum/582-65hpImpressum/description.aspx“.
- ↑ „http://aerofiles.com/_ab.html“.
- ↑ „http://www.flyrotax.com/enginesImpressum/product-rangeImpressum/carburetedImpressum/912-80hpImpressum/description.aspx“.
- ↑ „http://www.pilotfriend.com/experimental/acft5/33.htm“.
- ↑ „http://aerofiles.com/_pl.html“.