Aeroblar, aerob organizmlar – erkin kislorod boʻlgan muhitda yashaydigan va rivojlanadigan organizmlar. Aeroblar kislorodlan oksidlovchi sifatida foydalanadi. Aeroblarga barcha oʻsimliklar, koʻpchilik hayvonlar, zamburugʻlar kiradi. Hayvonlarning kislorodsiz muhitda hayot kechirishi ikkilamchi xususiyatga ega. Aeroblar biologik oksidlanishni hujayra nafas olish sistemasi orqali amalga oshiradi. Oksidlanish jarayonida kislorod toʻla kaytarilmasdan zaharli mahsulotlar hosil boʻlishi tufayli aeroblar bu mahsulotlarni parchalaydigan fermentlar (ka-talaza, superoksidsismut-gaza)ga ega. Anaerob organizmlarda bun-day fermentlar boʻlmasligi tufayli O2 ular uchun zaharli taʼsir etadi. Nafas olish zanjiri ayniqsa bakteriyalarda xilma-xil boʻlib, sitoxromoksidaza bilan birga boshqa terminal oksidazalar ham ishtirok etadi. Aeroblar orasida fotosintez qiluvchi sianobak-terlar, suv oʻtlari, yuksak oʻsimliklar asosiy ahamiyatga ega. Bu organizmlar faoliyati tufayli ajralib chiqadigan boshqa O2 xamma aeroblarning rivojlanishini taʼminlaydi (yana qarang Anaeroblar).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil