Aerodinamik isish
Aerodinamik isish — gaz yoki havo biror jism sirtidan katta tezlik bilan oqib oʻtganda shu jism sirtining isishi. Gaz yoki havo oqimi sekinlashgan sari uning temperaturasi orta boradi va gaz (havo)ning issiqlik oʻtkazishi tufay-li jism sirtining temperaturasi ham ortadi. Gaz (havo) oqimi asosan zichlik keskin oʻzgaradigan chegara qatlamda sekinla-shadi. Harakatning sekinlashishi nati-jasida havoning eng yuqori isish temperaturasi havoning dastlabki temperaturasiga ham bogʻliq boʻladi. Jismning ichki qatlamlariga issiqlik tarqalmasa, isish temperaturasi ancha yuqori boʻladi. Jismning eng yuqori bosim taʼsir" etadigan va eng isiydigan qismi uning odd tomonidir. Shu sababdan havo (gaz)da katta tezlik bilan harakat qiluvchi jismning old tomoni tez yemi-riladi. Jismning ayrim qismlarini havoda qizishdan saqlash uchun issiqqa chidamli materiallar, termoizolyatsiya, ichki va tashqi sovitkichlar ishlatiladi va shu maqsadda havoda harakatlanishning eng yaxshi varianti tanlanadi. Jismning tezligi juda kattalashganda gaz (havo)ning nur chiqarib sovishi, zarba toʻlqinidan isishi eʼtiborga olinadi. Bunday hollar ballistik va qitʼalararo raketalar, sunʼiy yoʻldoshlar va kosmik apparatlariing atmosfera qatlamiga kirishida sodir boʻladi. Mas, kosmik apparat atmosfera qatlamiga 8,1 km/sek tezlikda kirganda temperatura 8000° ga yetadi. Shuning uchun ularning sirtini maxsus himoya qilish tadbirlari koʻrilishi lo-zim. Yer yuzidan taxminan 100 km cha yuqorida Aerodinamik isish kam; balandlik 200 km dan ortgach, Aerodinamik isishni eʼtiborga olmasa ham boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |