Aerogeologik suratga olish
Aerogeologik syomka — foydali qazilmalarni qidirish usuli. Samolyot, yer sunʼiy yoʻldoshi yordamida yer yuzini suratga olish yoki uning tuzil ishini bevosita kuzatishga asoslangan. Ax. ishlari 3 davrga boʻlinadi: tayyorgarlik, dala ishlari va laboratoriya ishlari. 1-davrda umumiy tayyorgarlikdan tashqari oʻrganilishi kerak boʻlgan joyning geologik sʻyomkasi oʻtkaziladi, yer yuzasining tuzilishi, yer yuziga chiqib qolgan tub jinslar qatlami, ularning yotish sharoitlari, yer poʻstida sodir boʻlgan darzliklar oʻrni, intruziv va effuziv jinslarning tarqalishi hamda foydali qazilmalarning bor-yoʻqligi aniqlanadi, 2-davrda dala ishlari vaqtida yalpi aerovizual kuzatishlar va yer ustida geologik tekshirishlar oʻtkaziladi, 3-davrda dala ishlari vaqtida olingan barcha maʼlumotlar umumlashtirilib, geologik xarita tuziladi[1].