Aeromagnit suratga olish
Aeromagnit suratga olish (s’yomka) – yer magnit maydonini samolyotlar yordamida oʻrganish usuli. Bu usul aeromagnitometr ixtiro qilingandan (1936) keyin qoʻllanila boshlandi. Keyinchalik temir konlarini qidirish, geologik haritalar tuzish va ularni aniqlashda keng foydalaniladigan boʻldi. Magnit maydonining toʻliq miqdori Aeromagnit suratga olish vaqtida bir-biriga parallel yoʻnalishlarda (oʻrganilayotgan hududni toʻla qoplash yoʻli bilan) oʻlchanadi. Aeromagnit suratga olish 0. natijalari uchish balandligiga bogʻliq: qancha past uchilsa, shuncha mayda ob’ektlar aniqlanadi. Olingan maʼlumotlar yer magnit maydoni kuchlanishining vertikal miqdorini koʻrsatuvchi izochiziqlar haritasi yoki oʻlchanayotgan miqdorning yoʻnalish (profil) boʻyicha oʻzgarishini koʻrsatuvchi jadvallar orqali tasvirlanadi. Samolyotda qisqa vaqt ichida juda katta hududlarni oʻrganish mumkin. Bu esa foydali qazilma konlarini topish va ularning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganishga yordam beradi. Aeromagnit suratga olish orolda Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan ham foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |