Aeropro
Aeropro — Kanadaning sobiq mintaqaviy aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Kvebek shahridaj oylashgan, (Quebec provinsiyasi)[1].
| |||||||
Tashkil topgan | 1988-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugatilgan amaliyotlari | 2010-yil | ||||||
Havo tuguni | Jean Lesage nomidagi Kvebek xalqaro aeroporti | ||||||
Bosh qarorgohi | Kvebek Kanada | ||||||
Sayti | http://www.aeropro.qc.ca/home/ |
Aviakompaniya Kvebek provinsiyasi[2] boʻylab rejali va charter reyslarini amalga oshirgan, Aeroproning asosiy tranzit markazi (hub) Kvebek Jean Lesage xalqaro aeroporti hisoblanadi[3]. Kompaniya shuningdek, Kvebek provinsiyasida bir nechta mahalliy aeroportlarga egalik qilgan[4].
Kompaniya oʻz faoliyatini 2010-yil 4-avgustda toʻxtatgan.
Umumiy maʼlumotlar
tahrirAeropro aviakompaniyasi 1988-yilda tashkil etilgan.
2010-yil 1-avgustda Kanada transport departamenti auditdan soʻng Aeropro ning har qanday reyslarini amalga oshirishni taqiqlab qoʻydi va bu qarorni aviakompaniyaning aviatsiya xavfsizligi sohasida koʻplab qonunbuzarliklar aniqlanganligi va tartibga solish qoidalariga muntazam ravishda rioya qilmaslik bilan izohladi[5]. Ertasi kuni vazirlik xodimlari kompaniya boshqaruvchisi 2553-4330 Quebec Inc. oʻz samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli boʻlimlarning talablarini bir necha bor eʼtiborsiz qoldirgani haqida xabar qilgan.
2010-yil 4-avgustda Aeropro oʻz faoliyatini toʻxtatgan. U yopilgan paytda kompaniyada 200 ga yaqin xodim ishlagan.
Flot
tahrirCanada Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2010-yil iyun holatiga koʻra, Aeropro floti quyidagi samolyotlardan iborat boʻlgan[6]:
- Beechcraft King Air BE-A100 — 4 dona;
- Embraer EMB-110P1 Bandeirante — 2 dona;
- Piper PA-31 Navajo — 8 dona;
Aeroportlar
tahrir2009-yil fevral oyidan boshlab Aeropro Kvebekdagi quyidagi aeroportlarga rejalashtirilgan reyslarni amalga oshirgan[4]:
- Jan Lesage Kvebek xalqaro aeroportiBonaventura Aeroporti
- Gaspe Aeroporti
- Lez ile de La Madeleine aeroporti
- Rivieres du Lou aeroporti
- Sherbrook Aeroporti
- Trois-Riviere Aeroporti
NAVCANADA xususiy aeronavigatsiya kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, Aeropro Kvebek provinsiyasida quyidagi mahalliy aeroportlarga egalik qilgan:
Manbalar
tahrir- ↑ "Contact us[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка." Aeropro. Retrieved on June 26, 2010.
- ↑ „Aeropro“. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2011-yil.
- ↑ „Civil Aviation Tribunal“. 22-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2019-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Airport management[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Judge upholds decision to ground Aéropro flights“. The Gazette (1-avgust 2010-yil). 12-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2010-yil.
- ↑ Business Charter[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
Havolalar
tahrir- Aeropro rasmiy veb-sayti[sayt ishlamaydi]