Aerosuratga olish
Aerosuratga olish — Aerosyomka — Yer sirtining biror qismi tasvirini uchish apparatlari (Samolyot, Aerostat, Havo shari, Yer sunʻiy yoʻldoshi, Raketa va boshqalar) ga oʻrnatilgan maxsus suratga olish va qayd qilish qurilmalari yordamida suratga olish va qayd qilish. Aerofotosuratga olish va fotoelektron xillarga boʻlinadi. Aerofotosuratga olish eng keng tarqalgan boʻlib, undan xoʻjalik hamda ilmiy maqsadlarda keng foydalaniladi. Bu usul odatdagi fotoapparatdan suratga olish jarayonining toʻla avtomatlashtirilgani, kadrlarni katta bichimda olishi, ancha tez suratga olishi bilan farq qiladi. Fotoelektron Aerosuratga olish elektron apparatura yordamida obʻekt chiqaradigan yoki qaytaradigan koʻrinmas elektromagnit nurlarni qayd qilishga; qabul qilingan nurni elektron optik oʻzgartirgich bilan koʻrinadigan tasvirga aylantirishga; obʻektning koʻrinadigan tasvirini oʻzgartirgich ekranda hosil qilishga va shu tasvirni ekrandan fotoplyonkaga suratga olishga asoslangan. Infraqizil va radiolokasion Aerosuratga olish katta ahamiyat kasb etadi. Aerosuratga olish topografik xaritalar tuzishda, geologik qidiruvlarda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida, harbiy ishda, muhandislik-qidiruv ishlarida qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
tahrir- http://www.stadtentwicklung.berlin.de/bauen/entwicklungsgebiete/en/biesdorf.shtml (Wayback Machine saytida 2013-08-13 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |