Tropizm
(Aerotropizmdan yoʻnaltirildi)
Tropizm (yunoncha: τρόπος, tropos — burilish, yoʻnalish) — o'simlik organlarining ta'sir etuvchi omil tomon yo'nalgan holda o'sishi yoki omilga nisbatan teskari yo'nalishda o'sishi orqali namoyon bo'ladigan harakat . Tropizm qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiriga qarab fototropizm (bir tomonlama yoritilishi tufayli), geotropizm (Yerning tortish kuchi taʼsirida), gidrotropizm (tuproq namlanishining yoki havo muhitining har xilligi tufayli) va boshqalarga boʻlinadi. Tropizmni keltirib chiqargan taʼsirot yoʻqotilganda oʻsimlik ilgarigi holatiga qaytishga harakat qiladi. Oʻsimlik taʼsirot tomonga burilib oʻssa — musbat, uning aksi boʻlsa — manfiy tropizm deyiladi.
Yana q.
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |