Affillangan shaxslar(affiliated persons, affiliate- qoʻshmoq, boʻgʻlamoq soʻzlaridan) – xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatiga yuridik ahamiyatga ega harakatlar vositasida yoxud biror bir fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida taʼsir oʻtkaza olish imkoniyatiga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar.Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi. Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning oʻzlariga qarashli aksiyalari toʻgʻrisida ularning soni va turlarini koʻrsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan eʼtiboran kechi bilan oʻn kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart (Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 109-moddasi)[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi