Afgʻoniston Yoshlar Parlamenti

Afgʻoniston Yoshlar Parlamenti (AYP) Afgʻonistondagi Yoshlar tashkiloti boʻlib,16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasidan, demokratik yoʻl bilan saylanadigan aʼzolardan iborat[2].

Afgʻoniston Yoshlar Parlamenti
Ishga tushgan sanasi 14-avgust, 2016-yil (8 yil avval) (2016-08-14)[1]
Joylashuvi Kobul, Afgʻoniston
Aʼzolari 122
Til(lar)i Pushtu tili & Dariy tili

Parlament 2016-yil iyul oyida tuzilgan[3], hamda Afgʻonistonning 34 viloyatidan saylangan 122 nafarga yaqin deputatdan iborat. Parlament aʼzolari 33% ayollar, 3% koʻchmanchilar 3% nogironlar va 1% hindu va sikxlardan tashkil topgan. Afgʻoniston Yoshlar Parlamentini tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ijtimoiy-siyosiy ishlarga yanada kengroq jalb etish.

AYPning 122 aʼzosi beshta boshqaruv aʼzosini sayladi (janob Said Kabir Husayniy direktor sifatida, janob Muhammad Iqbol Saxi birinchi oʻrinbosar, Xolida Xalvat xonim ikkinchi oʻrinbosar, janob Saif Ul Rahmon Shafaq bosh kotib va Mina Baloch xonim Afgʻoniston Yoshlar parlamenti kotibi oʻrinbosari sifatida).

Aqa Muhammad Qurishi ikki yilga yaʼni 2016-yil avgustdan 2018-yil avgustgacha Afgʻoniston yoshlar parlamenti raisi etib saylangan. Janob Qurishi asli janubiy Hilmand viloyatidan boʻlib, xalqaro munosabatlar boʻyicha magistr darajasiga ega. Keyinroq, janob Qurushi parlament ishlari boʻyicha davlat vazirligining tashqi aloqalar boʻlimi direktori etib tayinlandi.

Sobiq Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati yoshlarni ijtimoiy qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb qilish, ularni mamlakat siyosatini ishlab chiquvchilarga aylantirish va yoshlarning umumiy salohiyatini oshirish maqsadida; Afgʻoniston Yoshlar Parlamenti Yoshlar ishlari boʻyicha Vazirlik oʻrinbosari orqali, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Jamgʻarmasi (KIF Global) moliyaviy koʻmagida va 2016-yilda parlamentning yuqori palatasi (Mashrano Jirga) muvofiqlashtiruvchisi hamda Sobiq Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti janoblari Yoshlar boʻyicha maslahatchisi tomonidan tashkil etilgan. .

Taniqli aʼzolar

tahrir

Muqadasa Ahmadzay – ijtimoiy va siyosiy faol.

Manbalar

tahrir
  1. „Afghanistan's Youth Parliament“. UNAMA (2016-yil 14-avgust). Qaraldi: 2016-yil 14-avgust.
  2. „Youth parliament to be formed within a month, Kamal Sadaat“. Kabultribune. Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  3. „Afghanistan's Youth Parliament To Soon Meet - KabulTribune The Only Point To Get Afghanistan Latest News“. www.kabultribune.com. 2016-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.