Afgʻonlar (oʻzlarini push-tun, patan deb ataydilar) — xalq, Afgʻonistonning asosiy aholisi (10 mln. kishidan ortiq, 1992). 19 mln.dan ortiq kishi (asosan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchilar) Pokistonning shimoli-gʻarbida yashaydi. Qabila birlashmalari saqlangan (afridiylar, vazirlar, gil-zoyilar, durroniylar va boshqalar). Pushtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan musulmon-sunniylar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil